"Men Usikka omad tilayman. Bir yoki ikkita jangdan so'ng u faoliyatini yakunlashi mumkin. Bu og'ir janglardan keyin u o'z faoliyati haqida bir qarorga kelmagandek ko'rinyapti. Men unga ringda birga ishlashni tavsiya qilaman".
— Agar Usik navbatdagi jangini Dyubuaga qarshi o'tkazsa, qanday natija kutasiz?
"Usikka qiyin bo'ladi. Uning bu jangda g'alaba qozonish imkoniyati bor, ammo bu uning uchun qiyin jang bo'ladi".
— Nima uchun qiyin bo'ladi deb o'ylaysiz?
"Usik qariyapti, Dyubua esa yosh, bilasiz. Bu jangda g'alaba qozonish uchun uning salohiyati yuqori", dedi Jalolov.