SportUz.Net

FOTO Navbahor Hamidova va boshqa sovrindor bokschilarimiz Jahon chempionatidan qancha pul ishlab olishdi?

17.03.2025 13:18    


Rasmni yuklab olish

Xabaringiz bor, kecha Nish shahri (Serbiya)da boks bo'yicha IBA tashkil etgan ayollar o'rtasidagi Jahon chempionati yakuniga etdi.

Unda ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush va 3 ta bronza medallariga ega chiqdi.

Navbahor Hamidova kumush medalga ega chiqqan bo'lsa, Sabina Boboqulova, Farzona Fozilova va Feruza Kazakova bronza medalini qo'lga kiritdi.

Ahamiyatlisi, IBA sovrindor bo'lgan sportchilarni pul mukofoti bilan ham taqdirladi. Jumladan, Navbahor Hamidova 50 ming, uchinchi o'rin sohibalari esa 25 ming AQSH dollariga ega bo'lishdi. Bundan tashqari, chorak finalda o'z yurishini to'xtatgan bokschilar 10 ming AQSH dollarini qo'lga kiritishdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: