
"Deontey Uaylder Joshuani mag'lub qila olmaydi, kerak bo'lsa Endi Ruisni ham. U bu janglardan ehtiyot bo'lishi lozim. Endi Ruis hozir Eddi Reynoso bilan hamkorlik qilmoqda va u endi ushbu vaznda haqiqiy bosh og'riqqa aylanadi.
O'ylashimcha, Endi Ruis Deontey Uaylderni depressiya holatigacha olib keladi. Lekin, Ruisni hozirda Kris Arreolaga qarshi jang kutib turibdi. U bu jangda yorqin g'alaba qozonadi.
Kelinglar yaxshisi Uaylderni ringda kutamiz, taxmin qilish ortiqcha. Uning so'nggi marta jang qilganiga ham bir yil bo'ldi. U qaytishi kerak", - dedi Eddi Xirn.
Xolmurod Nurmatov: "Buni mag'lubiyat demagan bo'lardim, kamida durang berilsa bo'lardi"
Abdurahmon Fozilovning LFA Ligasidagi debyut jangi sanasi va manzili malum (POSTER)