Dunyo birinchiligining 1/2 finaliga to'rt nafar bokschi qizimiz etib kelib, avvalgi rekordni yangilagan edi. Yarim finalchilar kamida bronza medalini naqd qilishadi. SHu kungacha o'zbekistonlik bokschi qizlar jahon chempionatlarida 4 ta medal qo'lga kiritishmagandi.
Yarim finalda ringga ko'tarilgan bokschilarimizdan birgina Navbahor Hamidova g'alabaga erishib, finalga yo'l oldi. -66 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Navbahor 1/2 finalda rossiyalik Albina Moldajanovadan ustun keldi.
Afsuski, Farzona Fozilova (-48 kg) rossiyalik Yuliya CHumgalakovaga, Sabina Boboqulova (-50 kg) xitoylik Xu Meiyiga, Feruza Kazakova (-52 kg) esa KXDR vakilasi Pang CHol Miga imkoniyatni boy berib, bronza medali bilan kifoyalandi.