CHempion Ankalaev, Getji yana Fizievni mag'lub etdi va boshqa natijalar
09.03.2025 11:33
222
Rasmni yuklab olishLas-Vegasda uzoq kutilgan UFC 313 turniri bo'lib o'tdi.
Kechaning markaziy jangida Magomed Ankalaev Aleks Pereyrani mag'lub etdi va yarimog'ir vazn toifasida UFC chempioni bo'ldi.
UFC 313. Natijalar:
-
Magomed Ankalaev Aleks Pereyrani yakdil qaror bilan (49-46, 48-47, 48-47) mag'lub etib, yarim og'ir vaznda yangi chempion bo'ldi.
-
Jastin Getji Rafael Fizievni yakdil qaror bilan (29-28, 29-28, 29-28) mag'lub etdi.
-
Ignasio Baxamondes Jelin Tyornerni bo'g'ish usuli («uchburchak») bilan mag'lub etdi – (1-raund, 2:29).
-
Amanda Lemos Yasmin Lusindoni yakdil qaror bilan (29-28, 29-28, 29-28) mag'lub etdi.
-
Maurisio Ruffi King Grinni nokautga uchratdi (1-raund, 2:07).
-
Joshua Van Rei Curuyani yakdil qaror bilan (30-27, 30-27, 30-27) mag'lub etdi.
-
Brunno Fereyra Armen Petrosyanni «armbar» bilan mag'lub etdi – (2-raund, 4:27).
-
Karlos Leal Miranda Aleks Moroni texnik nokaut bilan mag'lub etdi (1-raund, 4:16).
-
Mayron Santos Frensis Marshallni ochkolar evaziga (30-27, 29-28, 29-28) mag'lub etdi.
-
Osman Dias Jorden Santosni yakdil qaror bilan (29-28, 29-28, 29-28) mag'lub etdi.
Do`stlarga yuboring: