Tashkilotchilar tomonidan ushbu oqshomning yana bir jangi elon qilindi. Engil vazn toifasi vakillari Jalin Tyorner va Ignasio Baxamondes xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni o'tkaziladigan turnirning prelim kardini to'ldirishdi.
Tyorner o'tgan yilning aprel oyida Renato Moykanoga ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga imkoniyatni boy bergandi. Baxamondes esa so'nggi jangini 2024 yilning sentyabr oyida o'tkazib, birinchi raundda Manuel Torresni texnik nokaut bilan mag'lub etgan edi.
Eslatib o'tamiz, UFC 313 turnirining asosiy jangi yarimog'ir vazn toifasida braziliyalik chempion Aleks Pereyra hamda rossiyalik davogar Magomeda Ankalaev o'rtasida bo'lib o'tadi.
Topuriya: "Carukyan qo'rqib qolgan. U jang qilmasligi aniq bo'lganda vazn qila oladi"