Ushbu turnir doirasida o'zbekistonlik Mirafzal Axtamov ham oktagonga ko'tarildi.
31 yoshli hamyurtimizga promoushendagi debyut jangida angliyalik Mayk Tompson raqiblik qildi.
3 raundga mo'ljallangan jang 2-raundda o'z yakuniga etdi. 2-raundda Mirafzal raqibini bo'g'ish usulida taslim etdi va ligadagi ilk jangini muvaffaqiyatli yakunladi.