SportUz.Net

Dyu Plessi Maxachevning o'rta vazn chempioni bo'la olishi haqidagi gaplariga javob qaytardi

25.01.2025 18:42    


Rasmni yuklab olish

UFC'ning o'rta vazn toifasi chempioni Drikus Dyu Plessi engil vazn chempioni Islam Maxachevning 84 kg divizonida ham chempion bo'lishi mumkinligi haqidagi so'zlariga javob berdi.

"Uning jangdan keyingi gaplari (uchta vazn toifasida chempion bo'lishi mumkinligi haqida) etirofga loyiq. Lekin men buni jiddiy qabul qilmadim, chunki hozir barcha etiborim SHon Striklend bilan revansh jangimga qaratilgan.

SHu bilan birga, Maxachev o'zi haqida bildirib qo'ydi. Hozir Islam bu jangni ololmaydi — bundan mano ham yo'q. Lekin agar menga qarshi chiqadigan raqib qolmasa, o'shanda bu variantni ko'rib chiqish mumkin.

U tabiiy o'rta vazn jangchilari bilan mashg'ulot qiladi. Lekin bu divizionda chempion faqat bitta. SHunday ekan, uning gaplari uchun rahmat, ammo ularning ahamiyati yo'q, chunki men uni baribir engaman. Maxachev – engil vazn uchun yirik jangchi, men esa o'rta vaznning yirik jangchisiman. Bizning gavdalarimizda katta farq bor", — dedi Dyu Plessi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: