Eslatib o'tamiz, Carukyan jarohat olgani sabab, endi Maxachev braziliyalik Renato Moykanoga qarshi jang qiladi.
"Moykanoning UFCdagi tajribasi ko'p, 10-11 yil. To'rtta ketma-ket g'alabaga ega, u faoliyatining cho'qqisida. Bu yaxshi jang. Albatta u Arman yoki Islam kabi emas, ammo baribir raqobat qilib bera oladigan raqib. Biz unga past baho bermoqchi emasmiz", - dedi Xabib.