SportUz.Net
photo photo

Merab Dvalishvili may oyigacha uchta jang o'tkazmoqchi

30.12.2024 16:18    


Rasmni yuklab olish

O'ta engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Merab Dvalishvili 2025 yil yakuniga qadar bo'lgan rejalari bilan o'rtoqlashdi.

Gruziyalik aralash yakkakurash ustasi 18 yanvar kuni o'z kamarini rossiyalik davogar Umar Nurmagomedovdan himoya qiladi. U may oyigacha 3 ta jang o'tkazishni rejalashtirmoqda.  

"2025 yilda maksimal darajada ko'proq jang o'tkazishni maqsad qilganman. 18 yanvar kuni Umar Nurmagomedovni mag'lub etganimdan keyin mart oyidayoq oktagonga qaytmoqchiman. Avvaliga Petr Yan, aprel oyida esa SHon O'Melli bilan jang o'tkazmoqchman. 2025 yilning ikkinchi yarim yilligida ham chempionlik kamarimni himoya qilishda davom etaman", — deya Dvalishvilining so'zlarini keltirmoqda MMA Junkie.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: