U surat ostida barchani kirib kelgan Yangi 2025 yil bilan tabriklagan. Asli kelib chiqishi armanistonlik bo'lgan aralash yakkakurash ustasi bu surat orqali jangga ikki haftadan sal ko'proq qolgan bir paytdagi jismoniy holatini namoyish etgan.
"Biz tarix yaratamiz. Meni kuzatayotgan va tanigan barchani Yangi yil bilan tabriklayman. Bu yil muhabbatga, quvonchli lahzalar va yangi imkoniyatlarga boy bo'lsin", - deya suratni izohlagan Carukyan.
Arman Carukyan 19 yanvar tongida AQSHning Los-Anjelesida engil vazn toifasining amaldagi chempioni Islam Maxachevga qarshi oktagoga chiqadi. Arman uchun revansh maqomidagi ushbu to'qnashuv UFC 311 turnirining markaziy jangi bo'ladi.
"Bu safar Arman bizni qattiq mehnat qilishga majbur qiladi" - Maxachevning murabbiyi