Ukrainalik bokschi 2025 yilda o'zining prof ringda ham sinab ko'rmoqchi ekanini aytmoqda.
"Asosiy maqsadim keyingi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etish. Los-Anjeles-2028 Olimpiadasida chempionlik unvonimni himoya qilishni istayman. Lekin professional boksdagi ishtirokim ham men uchun muhim. Ikkala yo'nalishda ham muvaffaqiyat bilan odimlashda davom etishimga ishonaman", — deya Xijnyakning so'zlarini keltirmoqda Sport.ua internet nashri.
Eslatib o'tamiz, 29 yoshli Aleksandr Xijnyak Tokio-2020 Olimpiadasida 75 kg vazn toifasida kumush medalni ham qo'lga kiritgandi. Parij Olimpiadasida uning vaznida yosh bokschimiz To'rabek Habibullaev ancha muvaffaqiyatli ishtirok etgandi. U chorak finalda kubalik nomdor raqibi Arlen Lopesga yutqazib qo'ygan edi. Xijnyak finalda qozog'istonlik Nurbek Oralbayni mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritgandi.
"Bu safar Arman bizni qattiq mehnat qilishga majbur qiladi" - Maxachevning murabbiyi