Rossiyalik aralash yakkakurash ustalari jamoasi boshlig'i Xabib Nurmagomedov bu haqda xabar berib, ijtimoiy tarmoqqa mashg'ulotdan video ham joyladi.
"Hammasi reja asosida davom etmoqda", - deya video ostida izoh ham qoldirgan Xabib.
"Og'ir mehnatdan boshqa narsa yo'q", - deya unga qo'shimcha qilgan Belal Muhammad.
Eslatib o'tamiz, Belal Muhammad o'tgan yilning iyul oyida Xabib Nurmagomedovning yordamisiz ham britaniyalik Leon Edvardsdan chempionlik kamarini tortib olgandi. U dekabr oyida SHavkat Rahmonovdan kamarini himoya qilishi kerak edi. Lekin infekciya sabab bu jang bekor qilingandi.
Engil vaznda amaldagi UFC chempioni Islam Maxachev 19 yanvar tongida Los-Anjelesda o'tadigan UFC 311 turnirining markaziy jangida davogar Arman Carukyanga qarshi oktagonga chiqadi. Umar Nurmagomedov esa ko-meynivent jangida o'ta engil vazn chempioni gruziyalik Merab Dvalishvilining kamarini tortib olish uchun urinib ko'radi.
"Bu safar Arman bizni qattiq mehnat qilishga majbur qiladi" - Maxachevning murabbiyi