Ukrainalik jahon chempioni britaiyalik WBC kamarining sobiq sohibi Tayson Fyurini har ikki jangda ham ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi. Usik endi yozgacha aniq ringga qaytmaydi. Bu haqda uning menejeri Egis Klimas xabar berdi.
"Bu uzoq davom etadigan tanaffus bo'ladi. Fyuri bilan bo'lib o'tgan 12 raundlik jang uzoq muddatli tiklanishni talab qiladi. Usik iyul, balki avgust oyida ham ringga qaytmas", - dedi Klimas.
SHuningdek, chempionning menejeri mijozining keyingi raqibi IBF chempioni britaniyalik Daniel Dyubua bo'lishi mumkinmi degan savolga ham javob berdi.
"Dyubua avval Jozef Parkerni mag'lub etib olsin. Keyin Usikka qarshi jang haqida o'ylasa bo'ladi", - dedi Egis.
"Bu safar Arman bizni qattiq mehnat qilishga majbur qiladi" - Maxachevning murabbiyi