Liga matbuot xizmati turnirdan o'rin olgan ikkita chempionlik jangini elon qildi.
O'rta vazn toifasida UFC kamari sohibi, janubiy afrikalik Drikyus Dyu Plessi amerikalik davogar SHon Striklendga qarshi revansh jangida oktagonga ko'tariladi. Ularning ilk jangida Dyu Plessi ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi.
Bundan tashqari, ayollar o'rtasida minimal vazn toifasida UFC chempioni, 35 yoshli xitoylik Veyli Jang AQSH vakilasi Tatyana Suaresdan o'z kamarini himoya qilishga urinib ko'radi.
Qayd etish joiz, Suares hozircha mag'lubiyat nimaligini bilmasdan kelmoqda.