SportUz.Net
photo photo

O'zbek - Qozoq derbisida sensaciya qayd etildi

06.12.2024 16:57    


Rasmni yuklab olish

Tailandda boks bo'yicha Osiyo chempionati qizg'in davom etmoqda.

Musobaqada -92 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Madiyar Saidrahimov chorak finalda qozog'istonlik Sagindik Togambayga qarshi ringga ko'tarildi. 

Bellashuv to'liq davom etib, unda 23 yoshli Sagindik Togambay 27 yoshli hamyurtimiz Madiyar Saidrahimov ustidan 5:0 hisobida g'alabaga erishdi. Jang davomida Sagindik Madiyarni nokdaun holatiga ham tushirdi.

Malumot o'rnida, Togambay mazkur musobaqaga qadar 86 kg vazn toifasida jang qilar edi. U eski vaznida o'zbekistonlik SHohjahon Abdullaev bilan to'qnash kelib, ikki bor imkoniyatni boy bergan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: