SportUz.Net
photo photo

Islam Maxachev: "Zaruriyat bo'lsa, u bilan jang qilaman"

06.12.2024 10:57    


Rasmni yuklab olish

Engil vaznda amaldagi UFC chempioni, rossiyalik Islam Maxachev shu mazmunda berilgan savolga javob berdi.

Islam yarimengil vazn chempioni Iliya Topuriya bilan munosabatlariga oydinlik kiritdi.

"U o'z "ramkasi"dan tashqari hech narsa deyolmaydi. Bu o'yinning bir qismi. U chempion, u gapirishi kerak. Iliya bilan gaplashib olishimiz kerak bo'lgan mavzular bor, bu 100 foiz! U doim men haqimda gapiradi. Ehtimol, nimanidir etkazishni xohlar. Men aniq nima ekanligini tushunmayapman. Kel, gaplashib olamiz. Agar zaruriyat bo'lsa, jang qilamiz. 

Jang bo'yicha gaplashadigan bo'lsak, biz bir-birimizga mos kelmaymiz. Vaznlar tufayli. Men uni uraman, lekin bu menga nima beradi? Men kamarni yuta olmayman. Agar odamlar uning mag'lubiyatini ko'rishni istasa, unda buni amalga oshiramiz", deya Maxachevning so'zlarini keltiradi Match TV.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: