Uch vazn toifasida sobiq jahon chempioni Vasiliy Lomachenko (14-2, 10 KO) yaponiyalik bokschi Masayoshi Nakataniga (19-1, 13 KO) qarshi jang oldidan jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
"Ringga qaytayotganimdan juda ham xursandman va boksda kim ekanligimni ko'rsatmoqchiman. Jangda tomoshabinlarning ishtiroki juda muhim. Ular bokschilarni turtib turishadi va bizga kuch beradi.
Nakatani - chidamli va bo'yi baland bokschi yigit. SHuning uchun men uni raqib sifatida tanladim. Men kimgadir nimanidir isbotlashim kerakligini his qilyapmanmi? Men o'zimga, jamoamga, otamga, oilamga va meni doimo qo'llab-quvvatlab kelgan do'stlarimga isbotlashim kerak.
Men o'zimning eng yaxshi mahoratimni namoyish qilmoqchiman va yana kimligimni ko'rsatmoqchiman ", - dedi Lomachenko Top Rank rasmiy matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, Lomachenko - Nakatani jangi 26 iyundan 27 iyunga o'tar kechasi Las-Vegasda (Nevada, AQSH) bo'lib o'tadi.
Oliveyra: "Topuriya - men jang qilganlar orasida eng qattiq zarba beruvchi sportchi"
"Undan rekordidagi nolni olib qo'ymoqchiman". Volkanovski Evloev bilan jangga tayyor
Pimblett nima uchun Topuriya bilan jangga loyiq ekanligini aytdi va Maxachevni misol keltirdi