SportUz.Net
photo photo

Xotambek Boynazarov UAE Warriors chempioniga aylandi!

23.10.2024 01:39    


Rasmni yuklab olish

Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida MMA bo'yicha UAE Warriors 55 musobaqasi bo'lib o'tdi.

Turnirning markaziy jangi hamyurtimiz Xotambek Boynazarov ishtirokida o'tdi.

O'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasiga yarim o'rta vaznda UAE Warriors chempioni, ozarbayjonlik Tagir Abdullaev raqiblik qildi.

5 raund etib belgilangan chempionlik jangi to'liq davom etdi va unda hakamlarning yakdil qarori bilan ochkolar hisobiga ko'ra Xotambek Boynazarov g'alaba qozonib, yarim o'rta vazn toifasida UAE Warriors chempioniga aylandi.

SHu tariqa, Xotambek faoliyatidagi o'ninchi jangida o'ninchi g'alabasini nishonladi. Tagir Abdullaev esa yigirmanchi jangini o'tkazib, uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: