SportUz.Net
photo photo

Bob Arum Bivol-Beterbiev revansh jangining ehtimoliy sanasini aytdi

22.10.2024 16:30    


Rasmni yuklab olish

Top Rank promouterlik kompaniyasi rahbari Bob Arum yarimog'ir vaznda mutlaq jahon chempioni Artur Beterbiev hamda sobiq jahon chempioni Dmitriy Bivol o'rtasidagi revansh jangining qachon bo'lishini aytdi.

Uning so'zlariga ko'ra, jang 2025 yilning oktyabr oyida bo'lib o'tishi mumkin.

"Turki Al ash-SHayx boksni yaxshi ko'radi va u barcha boks muxlislari kabi Bivol va Beterbiev o'rtasidagi revansh jangini ko'rishni xohlaydi. SHuning uchun, biz buni albatta ko'rishimiz kerak. Ammo Ar-Riyod mavsumi fevral oyida tugaydigan bo'lsa, revansh uchun eng erta sana kelasi yilning oktyabr oyidir", dedi Arum.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: