SportUz.Net
photo photo

UAE Warriors 55. Kamronbek Ortiqov Xabib Nurmagomedovning shogirdini mag'lub etdi

22.10.2024 22:24    


Rasmni yuklab olish

BAAning Abu-Dabi shahrida MMA bo'yicha UAE Warriors 55 turniri davom etmoqda.

Musobaqaning prelim kardi doirasida hamyurtimiz Kamronbek Ortiqov oktagonga ko'tarildi.

Unga rossiyalik Murad Gamzatov raqiblik qildi.

3 raund etib belgilangan jang to'liq davom etdi va unda ochkolar hisobiga ko'ra Ortiqov g'alaba qozondi.

SHu tariqa, Kamronbek faoliyatidagi beshinchi jangida to'rtinchi g'alabasini nishonladi. Bir paytlar Xabib Nurmagomedovning jamoasida shug'ullangan Gamzatov hisobidagi mag'lubiyatlar soni esa uchtaga etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: