SportUz.Net
photo photo

Promouter Sergey Bogachuk - Isroil Madrimov jangiga taxmin bildirdi

22.10.2024 13:42    


Rasmni yuklab olish

Taniqli promouter Tom Leffler o'z mijozi, ukrainalik Sergey Bogachukning sobiq jahon chempioni Isroil Madrimovga qarshi bo'lajak jangi haqida gapirdi.

Eslatib o'tamiz, ushbu jang 21 dekabr kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo'lib o'tadi. 

"Madrimov Bogachuk uchun yana bir qiyin raqib, ammo o'ylaymanki bu Sergey uchun g'alabali jang bo'ladi. Bu uning uchun yana bir katta imkoniyat. Agar u Madrimovni mag'lub eta olsa, bu uning Brayan Mendosa va Virjil Ortisga qarshi janglar bilan birgalikda ajoyib yil o'tkazganini anglatadi. 

Esingizda bo'lsin, o'sha paytda Virjil Ortis 20 ta nokaut bilan 20:0 hisobida rekord o'rnatgan va odamlar uni Bogachukni nokautga uchratishini kutishgandi. Ammo Bogachuk uni ikki marta nokdaunga tushirganida, bu odamlarning ko'zini ochgandi. 

Hozir ko'pchilik Bogachukni bu jangda autsayder sifatida ko'rmoqda, lekin men uning g'alaba qozonishiga ishonchim komil. Bu fikrlarni Sergey bilan ishlaganim uchun bildirmayapman. Uning imkoniyatlarini yaqindan bilganim uchun aytyapman", deya Lefflerning so'zlarini keltiradi Boxing Scene.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: