SportUz.Net

Jahongir Najmiddinov Octagon 65 turnirida qozog'istonlik raqib bilan jang qiladi

16.10.2024 10:03    


Rasmni yuklab olish

Malum qilganimizdek, 27 oktyabr kuni Qozog'istonning Olma-Ota shahrida MMA bo'yicha Octagon 65 turniri o'tkaziladi.

Turnir doirasida o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Jahongir Najmiddinov ham jang qiladigan bo'ldi. Unga o'sha kuni qozog'istonlik Elaman Jetpisbay raqiblik qiladi.

Najmiddinov aslida, sentyabr oyida tashkil etilgan Octagon 63 turnirida ishtirok etishi kerak edi, biroq u nomalum sabablarga ko'ra turnirni o'tkazib yuborgandi.

Octagon 65 turnirining markaziy jangida hamyurtimiz Mavlonbek Mirkomilov Qozog'iston vakili Nurjan Akishev bilan jang qiladi. Bellashuv engil vaznda Octagon Interim kamari uchun o'tkaziladi.

Malumot o'rnida, Jahongir Najmiddinov hozirga qadar 17 ta jang o'tkazib, 10 ta g'alaba, 6 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. Jetpisbay hisobida esa 5 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat bor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: