SportUz.Net

Artur Beterbiev va Dmitriy Bivol jangi to'liq davom etdi

13.10.2024 03:54    


Rasmni yuklab olish

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida joylashgan "Kingdom Arena" majmuasida professional boks oqshomi tashkil etildi.

Uning markaziy jangida yarim og'ir vazn toifasida WBC, WBO va IBF kamarlari sohibi, rossiyalik Artur Beterbiev mazkur vazn toifasida WBA va IBO kamarlari sohibi bo'lib turgan hamyurti Dmitriy Bivolga qarshi ringga ko'tarildi.

12 raund etib belgilangan jang to'liq davom etdi va unda hakamlar qaroriga ko'ra, 114-114, 115-113, 116-112 hisobida Beterbiev jang g'olibi deb elon qilindi.

SHu tariqa, Artur yarim og'ir vazn toifasida mutlaq Jahon chempioniga aylandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: