SportUz.Net
photo photo

Shohasan Mirzamatov ertangi jangi oldidan vazn o‘lchash marosimida ishtirok etdi

16.06.2021 12:00    


Rasmni yuklab olish

U mezbonlar vakili bilan kuch sinashadi.

16 iyun kuni Qozog‘istonning Almati shahri MMA bo‘yicha professional jang kechasiga mezbonlik qiladi.

"Oktagon" promoushenining navbatdagi turnirida hamyurtimiz Shohasan Mirzamatov ham mezbonlar vakili Alibek Seydazimga qarshi jang qiladi. Mazkur jang yarim o‘rta vazn (77 kg) toifasida bo‘lib o‘tadi. Bugun, jangchilar vazn o‘lchash va "face to face" marosimida ishtirok etdi. 

Ma’lumot uchun, Shohasanning professional janglardagi rekordi 1-1 ni tashkil etadi. Uning raqibida esa, bu ko‘rsatkich 2-0 ga teng. Fursatdan foydalanib, mazkur muhim jangda hamyurtimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: