SportUz.Net
photo photo

SHohjahon Ergashev ishtirokidagi jang oldidan Tashkiliy qo'mita yig'ilish o'tkazdi

09.06.2021 23:00    


Rasmni yuklab olish

Poytaxtimizdagi “Krokus plaza” mehmonxonasining Majlislar zalida 10-11 iyun kunlari bo'lib o'tadigan “Professional boks kechasi”ga tayyorgarlikning borishi yuzasidan Tashkiliy qo'mita yig'ilishi o'tkazildi.

Unda O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston professional boks federaciyasi mutasaddi va mutaxassislari, shuningdek Sog'liqni saqlash, Ichki Ishlar vazirliklari, Milliy Gvardiya masullari va boshqa aloqador tashkilot xodimlari ishtirok etishdi.

Yig'ilishni olib borgan O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi raisining o'rinbosari SHerzod Toshmatov mamlakatimizda xalqaro ahamiyatga molik sport tadbirlarini o'tkazish anana tusini olayotganligi, har bir nufuzli turnirni o'ziga xos tarzda tashkillashtirish katta ahamiyat kasb etishini takidlab, musobaqaning televizion tashviqoti, uni jahon tele kanallariga uzatish orqali O'zbekistonning xalqaro obro'-etiborini oshirish muhim ekanligini aytib o'tdi. Yig'ilishda ishtirok etgan “SPORT” TV telekanali direktori Zoxid Karimov bu borada barcha ishlar hal etilganligini aytib, mazkur musobaqa aynan televizion loyiha asosida o'tkazilayotganligiga barchaning etiborini qaratdi.

Tadbir davomida shuningdek, Sog'liqni saqlash vazirligi, Milliy Gvardiya, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi masullari ham o'z vazifalariga doir masalalar xususida so'z yuritishdi.

Yig'ilish davomida har bir tashkilotning masullari “Professional boks kechasi”ni o'tkazish bilan bog'liq masalalar bo'yicha o'z fikrlarini bildirishdi va belgilangan vazifalarning ijrosi bo'yicha axborot berishdi.

O'zbekiston professional boks federaciyasi Matbuot xizmati



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: