SportUz.Net
photo photo

Zarrux Adashev boshqa bir UFC jangchisiga "vyzov" tashladi

08.06.2021 17:00    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik UFC jangchisi Zarrux Adashev boshqa bir UFC jangchisi Jeff Molinaga chaqiruv tashladi.

"Salom chempion, o'tgan oy jamoam boshqa jangchiga qarshi jang qilish uchun shartnoma bergani sabab sen bilan jangimiz haqidagi postni o'chirib tashlagandim. Hozir esa o'sha raqib ham 31 iyul kuni jang qila olmasligi malum bo'ldi. Men seni va uslubingni hurmat qilaman. Sen o'tgan jangingdan 50 ming dollar olganingni ham bilaman. Kel qon to'kamiz. Ushbu jangni qabul qil va tugallanmagan ishimizni tugatib qo'yaylik. Kim kuchliroq hujumchi ekanligini bilib olaylik. Sizlar nima deb o'ylaysiz do'stlar?", -deb yozadi Zarrux Adashev.

Eslatib o'tamiz, Zarrux Adashev may oyida Rayan Benuaga qarshi jang qilishi kerak edi. Ammo, Benuaning vazn tashlashda yuzaga kelgan muammosi sabab shifokorlar unga jang qilishga ruxsat berishmagandi.

Zarrux jang qilmoqchi bo'lgan jangchi Jeff Molina esa UFC'da bitta jang o'tkazib g'alaba qozongan. Molinaning MMA'dagi ko'rsatkichi esa 9-2 hisoblanadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: