SportUz.Net
photo photo

Rafael "Ataman" Fiziev ehtimoliy raqibini aytdi

24.04.2024 13:57    


Rasmni yuklab olish

UFC jangchisi Rafael Fiziev navbatdagi jangini sobiq chempion CHarlz Oliveyraga qarshi o'tkazmoqchi.

"Ataman" braziliyalik sportchining raqiblari bo'yicha o'tkazilgan so'rovnomani o'z sahifasiga ham joylashtirdi va bu orqali uning o'zi ushbu jangni istayotganiga shama qildi.

Eslatib o'tamiz, Fiziev ketma-ket ikkita jangida mag'lub bo'ldi. U Jastin Getjiga ochkolar hisobiga ko'ra yutqazgan bo'lsa, Mateush Gamrot bilan bahsda tizzasidan jarohat olgandi. Ozarbayjonlik aralash yakkakurash ustasi shu yil kuzda oktagonga qaytish niyatida. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: