SportUz.Net
photo photo

Nihoyat, Dilshodbek Ro'zmetov AQSHda debyut jangini o'tkazadi + POSTER

06.05.2024 08:57    


Rasmni yuklab olish

Yarimog'ir vazn toifasidagi bokschimiz Dilshodbek Ro'zmetov o'tgan yili noyabr oyida AQSHga jo'nab ketgan edi.

O'tgan yarim yil davomida faqat mashg'ulotlar bilan cheklangan charm qo'lqop ustamiz yaqinda "Fight Game Advisors" promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagandi. Nihoyat, uning okean ortidagi ilk jangi sanasi va manzili tasdiqlandi. 

Havaskorlar o'rtasida jahon chempionatining kumush medali sovrindori, Osiyo chempioni, Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi bo'lgan Ro'zmetov 22 iyun kuni AQSHning Pensilvaniya shtati Filadelfiya shahrida tashkil etiladigan prof boks oqshomida ringga ko'tariladi. Hozircha uning raqibi rasman malum emas.  

Malumot uchun, 24 yoshli charm qo'lqop ustamiz 2021 yilning dekabr oyida professional boksda debyut qilgan edi. SHundan so'ng u prof ringda 3 ta jang o'tkazdi va barchasida g'alaba qozondi. Ro'zmetov hozirda Florida shtatining Boka-Raton shahrida Artyom Kuzminov va Derik Santos bilan birgalikda mashg'ulot olib bormoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: