SportUz.Net
photo photo

Erkin kurashchimiz Nodirjon Safarov MMAda debyut qildi

05.05.2024 17:38    


Rasmni yuklab olish

Erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi sobiq azosi Nodirjon Safarov MMAdagi ilk jangini o'tkazdi.

Sportchimiz 4 may tongida AQSHning Konnektikut shtatida tashkil etilgan CES 77 turniri doirasida oktagonga ko'tarildi. 

Hamyurtimizga turnir doirasida amerikalik Kris Vega raqiblik qildi. Uch raunddan iborat jang to'liq davom etdi va unda Nodirjon Safarov hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi.  

Eslatib o'tamiz, bungacha boshqa bir erkin kurashchimiz Bekzod Abdurahmonov ham MMA bo'yicha bir necha janglarda ishtirok etgan edi.  



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: