SportUz.Net
photo photo

Nokautli g'alabalar bo'yicha UFC rekorchisi faoliyatini yakunladi

05.05.2024 16:19    


Rasmni yuklab olish

Bu haqda aralash yakkakurashchining o'zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar berdi.

Yarimo'rta vazn (77 kg.gacha) toifasida o'z janglarini o'tkazib kelgan Mett Braun faoliyatini yakunlaganini rasman elon qildi. Amerikalik 43 yoshli Braun o'rta vaznda nokautli g'alabalar soni bo'yicha UFC rekordchisi hisoblanadi.  

"Men boshqa jang qilmayman. O'yindan chiqdim. Bu faoliyatimni rasman yakunlaganim haqidagi qarorim. Bundan buyon etiborimni yosh avlodni tarbiyalash va tayyorlashga qarataman. Dana va UFC tashkilotiga o'z brendimni yaratish uchun maydon taqdim etishgani uchun rahmat aytmoqchiman. Oldinga yurish vaqti keldi", — deya o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar yozib qoldirgan Braun.

Malumot uchun, Mett Braun janglarining 12 tasini nokaut bilan yakunlagan. Bu esa yarimo'rta vazn toifasida UFC rekordi hisoblanadi. Barcha vaznlar bo'yicha esa bu ikkinchi ko'rsatkichdir. U UFC bayrog'i ostida 2008-2024 yillar oralig'ida jang qilgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: