SportUz.Net
photo photo

Olimjon Nazarov raqibini nokautga uchratdi, Abdurasul Ismoilov jangida durang qayd etildi

05.05.2024 18:38    


Rasmni yuklab olish

Biroz avval Koreya Respublikasining Gohyong shahridagi "Paryeong Gymnasium" majmuasida navbatdagi professional boks yakuniga etdi.

"Cocky Buffalo" promouterlik kompaniyasi tomonidan o'tkazilgan ushbu prof boks oqshomida ikki charm qo'lqop ustamiz Olimjon Nazarov va Abdurasul Ismoilov ham ringga ko'tarildi. Engil vazn toifasidagi Abdurasul Ismoilov (11-2-1)ga filippinlik 26 yoshli Al Toyogon (14-9-3) raqiblik qildi. Sakkiz raundlik jang to'liq davom etdi va unda hakamlarning qarori bilan durang natija qayd etildi. 

O'ta engil vazn toifasida WBO Oriental kamari sohibi Olimjon Nazarov (31-5-0) esa tailandlik Saravut Jiamtong (11-5-0) bilan to'qnash keldi. O'n ikki raundga mo'ljallangan jang o'ta engil vazn toifasida vakant bo'lib turgan WBO International kamari uchun kechdi. Jangning uchinchi raundida Nazarov raqibini nokautga uchratib, o'z kamarlari sonini 2 taga etkazib oldi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: