SportUz.Net
photo photo

Eddi Xirn: "Madrimov Kroufordni mag'lub etsa..."

23.04.2024 17:38    


Rasmni yuklab olish

Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirn tashkilotining yangi azosi Jeyron Ennis bilan bog'liq rejalarini aytdi.

"Rejaga ko'ra, Ennis Kodi Krouliga qarshi majburiy himoya jangini o'tkazishi kerak. Biz bu jangni iyun yoki iyul oyining boshida Filadelfiyada o'tkazmoqchimiz. Keyin esa katta janglarni ko'rib chiqamiz.

Umid qilamanki, biz Mario Baros va Stanionis bilan birlashtiruvchi janglarni amalga oshiramiz. Agar biz buni uddalay olsak, Ennis mutlaq chempion bo'lishiga ishonaman. Keyin u super yarim o'rta vazn toifasida o'tadi. Menimcha, u Terens Kroufordni ham mag'lub eta oladi. Bu men targ'ib qilmoqchi bo'lgan jang. Ammo Krouford Madrimovga mag'lub bo'lsa, bu jangni amalga oshirish qiyin bo'ladi", dedi Xirn.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: