SportUz.Net
photo photo

Dana Uayt UFC 300 turniri uchun rekord darajadagi bonuslarni elon qildi

12.04.2024 09:19    


Rasmni yuklab olish

UFC bosh direktori Dana Uayt UFC 300 turniri matbuot anjumanida yakshanba tongidagi bonus sohiblari rekord darajada pul mukofotiga ega bo'lishini malum qildi.

"Tayyor, $ 300 000", – dedi Uayt.

Takidlash joiz, 300 000 AQSH dollari miqdoridagi bonus promoushen tarixidagi eng kattasi hisoblanadi. Yorqin jang namoyish etgan ishtirokchilar kafolatlangan gonorarga qo'shimcha ravishda 300 ming dollarlik bonusni ham qo'lga kiritishadi. Bundan avvalgi eng katta bonus UFC 129 turnirida taqdim etilgan bo'lib, o'shanda jangchilar 129 000 dollardan mukofot puli olishgandi. 

Dana Uaytni katta summa vada qilishiga Jastin Getji va Maks Xollouey sababchi bo'lib qoldi. Aynan ular o'z intervyularida Dana Uaytdan UFC 300 turniri uchun kamida 100 000 dollar bonus qo'yilishini talab qilgandi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: