SportUz.Net
photo photo

Nursulton SHavkat Rahmonov va Xamzat CHimaev bilan jang qiladimi? Ro'ziboevning o'zi javob berdi

29.03.2024 14:19    


Rasmni yuklab olish

Rossiyalik jurnalist ertadan keyin UFC promoushenidagi ikkinchi jangini o'tkazadigan Nursulton Ro'ziboevdan intervyu oldi.

Aralash yakkakurash ustamiz mag'lubiyatsiz odimlayotgan qozog'istonlik SHavkat Rahmonov bilan ehtimoliy jang haqidagi berilgan savolga ham javob qaytardi. 

— Sen o'rta vazn toifasida jang qilasan. Bu erdagi asosiy yulduz — Xamzat CHimaev. U bilan ehtimoliy jangni qanday tasavvur qilyapsan?

— Bu juda ham qiziqarli savol, — dedi Ro'ziboev. — To'g'risi, bu haqda hech ham o'ylamagan ekanman. SHu yoki yana bitta jangimdan keyin 77 kg vaznda ham o'zimni sinab ko'rmoqchiman. Keyin bu savolingizni o'ylab ko'raman.


— 77 kg vaznda etakchilardan biri — bu SHavkat Rahmonov. U bilan jang qilishga ham tayyormisan?

— Avvallari qozoq ligalarida jang qilib yurgan paytim, yani UFC orzu bo'lgan davrlarda juda ko'p odamlar SHavkat ikkimizning jangimizni uyushtirish uchun harakat qilgan. O'sha paytda Rahmonov ham UFC`da emasdi. Hozir esa u reytingning Top-3 jangchisi. Agar o'sha darajagacha etib borsam, nima uchun yo'q.


Eslatib o'tamiz, Nursulton Ro'ziboev 31 mart kuni AQSHning Nyu-Jersi shahrida tashkil etiladigan UFC Fight Night turnirida amerikalik Sedrik Dyumaga qarshi oktagonga chiqadi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: