SportUz.Net
photo photo

Menni Pakyao "WBA Super" chempioni sifatida tiklanishi mumkin

02.06.2021 07:40    


Rasmni yuklab olish

WBA prezidenti Xilberto Mendozaning aytishicha, Menni Pakyao WBA Super jahon chempioni sifatida tiklanishi mumkin.

SHu yilning yanvar oyida uzoq tanaffus tufayli WBA Pakyaoga "tatildagi chempion" maqomini bergandi. SHundan so'ng Yordenis Ugas WBA Super chempioniga aylangan va vaqtinchalik chempion Jeymel Jeyms yarim o'rta vazn toifasida WBA'ning doimiy chempioni bo'lgan edi.

"Pakyaoning vakili SHon Gibbons uni Superchempion maqomiga qaytarishni so'rab rasmiy maktub yozganini bilaman. Biz shu ish ustida ishlayapmiz. Va katta ehtimol bilan Menniga chempionlik maqomini qaytarib beriladi. Ammo, men hozir buni aniq ayta olmayman, chunki biz jamoaviy tashkilotmiz. Masala Qo'mita tomonidan ko'rib chiqiladi. Buni prezidentga taqdim etishdan oldin ovoz berish lozim", - deya Essentially Sport Mendozaning so'zlarini TheBoxingVoice havola qildi.

Malumot uchun, Menni Pakyao avgust oyida yarim o'rta vazn toifasida WBC va IBF chempionlik kamarlari sohibi Errol Spensga qarshi ringga ko'tariladi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: