Oqshomning markaziy jangi engil vazn toifasi chempionlik kamari uchun o'tkazildi. Unda Magomed Sulumov ACA va Bellator promoushenlari sobiq jangchisi Aleksandr Sarnavskiyga qarshi oktagonga ko'tarildi.
CHempionlik jangi 3-raundning 4-daqiqasi 33-soniyasi o'tib borayotgan bir pallada to'xtatildi. Tajribali Sarnavskiy raqibini bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratdi. SHu tariqa, Aleksandr engil vazn toifasida AMC Fight Nights promoushenining yangi chempioniga aylandi.
Sarnavskiy faoliyatidagi 41-g'alabasini qo'lga kiritdi. Hisobidagi mag'lubiyatlar 8 taligicha qoldi. Sulumov hisobida 10 g'alaba va 3 mag'lubiyat bor.