SportUz.Net

WBO reytingi. Hasanboy Do'smatov ko'tarildi, qolganlar o'z o'rnida

22.02.2024 16:19    


Rasmni yuklab olish

WBO fevral oyi uchun yangilangan reytingni elon qildi.

Reytingdagi o'zbekistonlik bokschilardan faqatgina Hasanboy Do'smatovning o'rni o'zgargan. U 7-o'rindan 6-o'ringa yuqorilagan. Qolganlar esa o'z o'rnida.

SHu tariqa, reytingdan 6 nafar bokschimiz joy oldi:

Hasanboy Do'smatov (birinchi o'ta engil vazn (48,8 kg): 6-o'rin (o'tgan oy 7-o'rinda edi);

Olimjon Nazarov (o'ta engil vazn toifasi - 50,8 kg) 5-o'rinda qoldi;

Murodjon Ahmadaliev (birinchi yarim engil vazn toifasi - 55,3 kg) 7 o'rinda qoldi;

SHahram G'iyosov (yarimo'rta vazn toifasi - 66,6 kg) o'tgan oydagi kabi 3-o'rinni egalladi;

Bektemir Meliqo'ziev (supero'rta vazn - 76,2 kg) o'tgan oydagidek 7-pog'onada;

Bahodir Jalolov (super og'ir vazn - 90,7 kg) 15-o'rinda qoldi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: