SportUz.Net
photo photo

Aleks Volkanovski qachonga oktagonga qaytishini aytdi

22.02.2024 10:57    


Rasmni yuklab olish

Iliya Topuriyaga nokaut evaziga engilib, yarimengil vazn toifasidagi chempionlik kamaridan mahrum bo'lgan Aleksandr Volkanovski rejalari bilan o'rtoqlashdi.

Avstraliyalik sobiq chempion revansh jangidan umid qilmoqda. Aleks yil so'nggida ushbu imkoniyat taqdim etilishidan umid qilayotganini aytdi. 

"Kelasi safar hammasi boshqacha bo'ladi. Hozir esa biroz xordiq chiqarmoqchiman. Men revansh jangini juda ham xohlayapman. Bilishimcha, Ispaniyada UFC turniri tashkil etiladi. Dana ham, Iliya ham Ispaniyada turniri o'tkazilishi tarafdori. Ammo bu turnir faqat yil oxiriga borib tashkil etilishi mumkin. SHunday ekan, bu vaqt men uchun ham juda ideal. Ungacha oilam davrasida vaqtimni o'tkazaman. Hammasini esdan chiqarib, kuchli bo'lib qaytaman. Endi hammasini to'g'ri bajaramiz va kamarni qaytarib olamiz. Bu gaplarimni eslab qoling", - dedi Volk.

Eslatib o'tamiz, Anaxaymda o'tgan UFC 298 turnirining markaziy jangida davogar Iliya Topuriya Aleksandr Volkanovskini ikkinchi raundda nokautga uchratgan edi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: