"Agar menga imkoniyat berilsa, yarim engil vaznda ham chempionlik uchun jang qilishim mumkin. Menda yaxshi dietolog va jamoa bor. Biz bu vaznga bemalol o'tishimiz mumkin. Faqat bu uchun menga chempionlik jangi berilishi lozim", - dedi Oliveyra.
Eslatib o'tamiz, CHarlz Oliveyra UFC 262 turnirining asosiy jangida Maykl CHendlerni nokautga uchratib, Xabibdan qolgan chempionlik kamari sohibiga aylangandi.