SportUz.Net
photo photo

Joshua Usik davogar bo'lib turgan kamardan voz kechishi mumkin

29.05.2021 14:00    


Rasmni yuklab olish

Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirnning takidlashicha, tashkilotning asosiy yulduzi, og'ir vazn toifasida jahon chempioni Entoni Joshua WBO kamaridan voz kechishi mumkin.

Xabaringiz blor, ayni paytda ushbu kamarga Aleksandr Usik rasmiy davogar bo'lib turibdi.

"WBO bizga u bilan jang qilishimiz kerakligi to'g'risida maktub jo'natdi. Men WVO mutasaddilaridan nega shunchaki nafas ololmaymiz, o'zimiz xohlagan ishni qila olmaymiz, deb so'ramoqchiman. Albatta, Entoni mutloq jahon chempioni bo'lishni xohlaydi, shuning uchun biz barcha variantlarni o'rganyapmiz.

Ehtimoliy scenariy - Usik bilan jang! Agar kelishuvga erisha olsak, jang bo'lib o'tadi. Ammo, Joshua tashkilotlarning shartlarni aytib berish kayfiyatida emas. Endi mutlaq jahon chempionligi uchun kurashning kafolati yo'q. Bizda turli xil variantlar mavjud, jumladan Endi Ruis, Luis Ortis va Dillian Uayt. Ammo Usikning menejeri Krasyuk bilan gaplashdim. Ushbu jang bizning ustuvor vazifamiz. Ehtimol, bu amalga oshadi.

Ammo yana bitim to'g'ri bo'lishi kerak. Agar kamar bizda qolmasa, demak, shunday bo'lishi kerak. Biz kamarni saqlab qolishimiz mumkin, bunga hamisha intilamiz. Keling, voqealar rivojini kutamiz", - deya Boxingnews24 Xirnning so'zlaridan iqtibos keltiradi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: