SportUz.Net
photo photo

Habib Nurmagomedov Floyd Meyvezer bilan jang uchun 100 million dollarlik taklifni rad etdi

28.05.2021 22:00    


Rasmni yuklab olish

Sport ham biznesga aylanib ulgurdi.

UFC'ning sobiq engil vazn toifasi chempioni Habib Nurmagomedov o‘tgan yili o‘z faoliyatini yakunlagani e’lon qilingan edi. Uning menejeri Ali Abdulazizning xabar berishicha, shu vaqt ichida Nurmagomedov uchun katta mablag‘li takliflar tushgan.

"Habib faoliyatini yakunlagach, Floyd Meyvezer bilan jang qilish uchun 100 million dollar taklif qilindi. Floyddan ham bu haqda so‘rashingiz mumkin. Habib bunga "Yo‘q, men faoliyatimni yakunladim. Onamga va’da berganman va bu va’damni buzmayman. Agar onam menga jang qilishni aytsa, jang qilaman. Ammo hozir u menga ruxsat bermadi", deya javob berdi", - deydi Abdulaziz.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: