SportUz.Net
photo photo

Taekvondo bo'yicha Olimpiada sovrindori UFC bilan shartnoma imzoladi

05.12.2023 19:19    


Rasmni yuklab olish

Kubalik 35 yoshli Robelis Despeyn UFC promousheni bilan shartnoma imzoladi va endi o'z omadini oktagonda sinab ko'radi.

Og'ir vaznli Despeyn 2012 yilgi London Olimpiadasining taekvondo bahslarida bronza medalini qo'lga kiritgan edi. Ikki metr bo'yga ega kubalik aralash yakkakurashda 4 ta jang o'tkazib, barchasida muddatidan avval g'alaba qozongan. 

Etiborlisi, Robelis barcha janglarida raqiblarini birinchi raunddayoq nokautga uchratgan. Oxirgi uchta jangidagi g'alabalari uchun 19 soniyagina vaqt sarflagan. UFC shartnomasini taqdim etgan to'rtinchi jangini ikki kun avval Fury FC ligasida Mayls Benksga qarshi o'tkazib, raqibini 4-soniyadayoq nokaut qilgandi.

Robelis Despeyn Olimpiadadagi muvaffaqiyatidan tashqari jahon chempionatining ikki karra bronza medali sohibi hisoblanadi. 2014 yilda Markaziy Amerika hamda Karib havzasi o'yinlarida chempionlik shohsupasiga ko'tarilgan. Hozircha Despeynning UFC ligasidagi debyuti qachon bo'lishi malum emas. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: