SportUz.Net

Saidyoqub Qahramonov unga yana jang taklif qilishganini aytdi

05.12.2023 09:19    


Rasmni yuklab olish

Eng engil vazn toifasida o'zbekistonlik sobiq UFC jangchisi Saidyoqub Qahramonov (11-3-0) Twitter'dagi sahifasi orqali unga yangi jang taklif etishganini malum qildi.

"Menga 15 dekabr sanasi uchun jang taklif qilishdi va men uni qabul qildim. Oradan 5 soat o'tdi, ammo hali ham ulardan javob kelmadi. Javob uchun qancha vaqt kerak o'zi? Ha yoki yo'q deyish qiyinmi?", - deb yozgan Qahramonov.

Hozircha Saidyoqubning qaysi ligada jang qilishi nomalum.

Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz so'nggi jangini 2023 yilning may oyida XMMA 6 turnirida braziliyalik Rafael Kostaga qarshi o'tkazib, ilk raunddayoq g'alaba qozongan edi. Qahramonov 2021-2022 yillarda UFC doirasida 3 ta jang o'tkazgan va ularning 2 tasida g'alaba qozongan, yana bir jangda mag'lub bo'lgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: