SportUz.Net

Qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Olti nafar bokschimiz ikkinchi davradan musobaqaga kirishadi +TO'LIQ RO'YXAT

23.05.2021 22:40    


Rasmni yuklab olish

Xabar berib o'tganimizdek, ertaga BAAning Dubay shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati start oladi.

Ushbu musobaqada O'zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoasi ham qatnashadi. Bahslarda Osiyoning 17 mamlakatidan 150 nafardan ziyod bokschisi ishtirok etadi.

Biroz avval musobaqa uchun texnik miting va qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Unda terma jamoamiz murabbiylari ham ishtirok etishdi. Qura davomida bokschilarimiz o'z raqiblari nomini bilib olishdi.

Erkaklar o'rtasidagi musobaqalarda bokschilarimizdan olti nafari - 49 kg: Nodirjon Mirzahmedov, -52 kg: SHahobiddin Zoirovm -57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov, -69 kg: Bobousmon Baturov, -81 kg: Dilshodbek Ro'zmetov, 91 kg: Bahodir Jalolov ikkinchi davradan janglarga kirishadi.

-60 kg Abdumalik Xalakov ilk bosqichda Laos vakili Valter Sarnoiga, -64 kg Elnur Abduraimov quvaytlik Nader Odahga, -75 kg Saidjamshid Jafarov Afg'onistonlik Sulaymonga, -91 kg Sanjar Tursunov esa Mo'guliston vakili Sandagsuren Erdenebayaga qarshi ilk bosqichda ringga ko'tarilishadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: