Eslatib o'tamiz, Oskar De La Xoyya Jorj Sent-Per bilan boks qoidalari bo'yicha jangga yaqin edi. Ammo, Dana Uayt ushbu jangga ruxsat bermagandi. Sababi, GSP'ning UFC bilan amaldagi shartnomasi bor.
"Dana Uayt jangga to'sqinlik qilishni bas qil. Menga qarshi ringga chiqishga nima deysan? Kichkina yaramas. Men seni orqangga tepganimdan so'ng, haqiqiy erkak bilan jang qilaman", -deb yozadi Oskar De La Xoyya.