SportUz.Net
photo photo

O'zbekistonlik Ilhom Nazimov Yaponiyaning Rizin ligasi bilan shartnoma imzoladi, uning ilk raqibi va jang sanasi malum

03.10.2023 13:38    


Rasmni yuklab olish

Engil vazn toifasida o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Ilhom Nazimov (9-3-0) Yaponiyaning Rizin promousheni bilan shartnoma imzoladi.

Hamyurtimizning yangi ligadagi ilk jangi 4 noyabr kuni Ozarbayjonning Boku shahrida tashkil etiladigan Rizin Landmark 7 turniri doirasida bo'lib o'tadi. Hamyurtimizga o'sha kuni kamerunlik Xuares Dea (4-3-1) raqiblik qiladi. 

Rizin Landmark 7 musobaqasi doirasida ozarbayjonlik taniqli jangchilar Tofiq Musaev, Narimon Abbosovlar ham oktagonga ko'tariladi.

Malumot o'rnida, Rizin ligasida o'zbekistonlik yana bir jangchi Ramazon Temirov ham jang qilib keladi. U bugungacha ushbu ligada ikki bor jang qilgan va har ikkisida muddatidan oldin g'alaba qozongan.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: