SportUz.Net
photo photo

"Men Genaga o'xshashni xohlayman". Madrimov o'zini Golovkin bilan taqqoslash haqidagi savolga javob qaytardi

17.05.2021 16:00    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov (7-0, 5 KO) "Bokerskaya Pravda" You Tube kanaliga bergan intervyusida o'zini qozog'istonlik chempion Gennadiy Golovkin (41-1-1, 36 KO) bilan taqqoslash haqidagi savolga javob qaytardi, deb yozadi Sports.kz.

- Golovkin bilan taqqoslashlariga qanday qaraysiz? Menimcha, siz uslub borasida bu bokschidan farq qilasiz. Tashqi ko'rinishga ko'ra siz o'xshashsiz, lekin sizda ko'proq "o'ynoqilik" bor, va Gena allaqachon karerasi davomida kuchli pancher sifatida rivojlanib ulgurgan.

- Men Gena singari bo'lishni xohlayman, ammo menda bunday uslub yo'q. Har bir bokschining texnikasi boshqacha, har bir bokschi har xil. Men Gennadiyni inson va bokschi sifatida hurmat qilaman va boks borasida undan ko'p narsa olaman", - dedi Madrimov.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: