UFC 258 kechasining markaziy jangida yarimo'rta vazn toifasida UFC kamari sohibi Kamaru Usman Gilbert Bernsga qarshi jang qilib, raqibini uchinchi raundda nokaut qilishga erishdi. Bugun UFC matbuot xizmati kecha ishtirokchilari qancha ishlab olishganini elon qildi. Markaziy jang g'olibi Kamaru Usman 690 ming dollarga ega bo'ldi.
Uning raqibi esa undan salkam ikki barobar kam - 380 ming dollar ishlab oldi.