SportUz.Net
photo photo

Toshkentda MMA bo‘yicha 300 millionlik yutuq fondiga ega Gran-Pri tashkil qilinadi

15.05.2021 01:47    


Rasmni yuklab olish

Poytaxtimiz jang kechasiga mezbonlik qiladi.

25 may kuni Toshkent shahrida MMA bo‘yicha ilk Gran Pri turniri start oladi. Yangi tashkil qilingan RFC promousheni hamda "Rakhmat Fight Club" hamkorlikda o‘tkazayotgan mazkur turnirda ettita vazn toifasida janglar o‘tkaziladi. 

Ushbu turnirning o‘ziga xosligi shundaki, bu davomiy tarzda o‘tkaziladi. Shuningdek, 300 million so‘mlik yutuq fondiga ega bo‘ladi. 

Tashkilotchilardan biri Nurali Bakirdinovning ta’kidlashicha yuqori darajadagi sportchilar ishtirok etadi va tashkiliy masalalarga ham alohida e’tibor qaratiladi. 

Tez orada ushbu Gran Priga oid to‘liq ma’lumotni taqdim etishga harakat qilamiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

yutuq



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: